Mamatbuva Hofiz

Mamatbuva Hofiz (asli Mu- xammad Sattorov; 1885.14.1 — Marg’ilon — 1969.4.3) — O’zbekiston xalq hofizi (1941). Xalq xonanda va sozandalari (Boltaboy Hofiz va b.)dan xalq ashula yo’llarini o’rgangan. Hamza boshchili- gidagi agitbrigada, O’zbek etnografik truppasida (1925-26), Hamza teatri- da (1926-30) xonanda. Urush yillari Yangiyo’l musiqali drama va komediya teatri studiyasida yosh san’atkorlarga ashula yo’llarini o’rgatgan. G. Raximova rahbarligidagi front kontsert briga- dasida xizmat qilgan. M. h. «Ko’p erdi hasratim», «bir kelsun», «aylading», «Kuling», «Fig’onkim», «Sayding qo’ya ber, Sayyod» kabi katta ashulalarni mahorat b-n ijro etgan. U «Ushshoq», «Chorgoh», «Munojot», «Segoh» ashula yo’llarini, ayrim zamonaviy qo’shiqlar («Uzbekistondir», «shodlik etsangchi yoshlar», «Dilrabolar» kabi)ni katta ashula uslubida aytgan. J. Sultanov, M. Uzoqov singari o’nlab xalq san’atkorla- rining ustozi bo’lgan.