Mamedova Tursunoy Sotiboldievna

Mamedova Tursunoy Sotiboldievna (1941.14.10, Uchqo’rg’on tuma- ni — 1996.4.5, Namangan) — xonanda. O’zbekiston xalq artisti (1991). Naman- gan teatri (1957-62 va yana 1972 y.dan) da, 1962-72 y.lar Muqimiy teatrida ishlagan. «Singillar kissasi» spekta- klidagi Iqbol uning sahnada yaratgan ilk obrazidir. M. murakkab obrazlar- ning eng nozik qirralarini, ichki kechin- malarini tomoshabinga ta’sirli kilib tasvirlagan. M.ning aktyorlik mahorati Omina («sindirilgan ko’za»), mo-him («Tohir va Zuxra»), Oftob («Mashrab»), Sanobar («Hamza»), Ajar («Suyma- Ganga suykanma»), Zebi («Xolisxon»), Oqqiz («Ravshan va Zulxumor»), Jo’raxon («Farg’ona hikoyasi»), Gulshan («Guli siyoh»), Oysuluv («jon qizlar»), Manzura («Gavhari shamchiroq») va b.da, ayniqsa, «Yusuf va Zulayho» musiqali dramasi- dagi Zulayhoda, dramatik mahorati esa I. Drusening «kase Mare» psixologik dramasidagi Vasiluseda alohida namoyon bo’ldi. M., shuningdek, «Bobur» videofilmida Bobur Mirzoning onasi — Qutlug’ni- gor, «kecha va kunduz» videofilmida Xadicha kabi rollarni ijro etgan. U xalq qo’shiklari, lapar va termalarni o’z doirasi jo’rligida aytishda etakchi ijrochilardan bo’lgan. «Ishqingni avay- la», «Laylomisan san», «dilda ishqing» kabi ashulalari b-n tanilgan.