MAMLAKATNI HAVO HUJUMIDAN MUDOFAA QILISH QO’SHINLARI

MAMLAKATNI HAVO HUJUMIDAN MUDOFAA QILISH QO’SHINLARI — mamlakat hududini havo hujumidan mudofaa qilish maqsadida tuziladi. Qo’shinning vujud- ga kelishi va rivojlanish tarixi avia- tsiyaning paydo bo’lishi b-n bog’liq. Avi- Asiyadan harbiy maqsadda foydalanish unga qarshi kurashuvchi maxsus qo’shin tuzish zaruratini keltirib chiqardi. Na- tijada 1913 y. Frantsiyada, 1914 y. Ros- siya va Germaniyada havoga qarata otadi- gan qurollar paydo bo’ldi. Keyinchalik dushman aviasiyasiga qarshi aerostatlar, qiruvchi samolyotlar vujudga keldi. Mac, Rossiyada (1917 y. okt.da) bir necha Zenit batareyalari tuzildi. Mamlakatning Yi- rik markazlarini havo hujumidan mudo- FAA qilish printsipi ishlab chiqildi. 1950 y.larning o’rtalarida qurolli kuchlarda yadro qurolining paydo bo’lishi, raketasozlik va aviasiyaning rivoj- lanishi natijasida M.h.h.m.q.q.ning taraqqiyotida yangi bosqich boshlandi. Qo’shinlar yangi jangovar texnika b-n qurollantiriddi. O’zbekiston Qurolli Kuchlarida bu qo’shin 1992 y. 14 Fev.da tuzildi. Bu qo’shinlar o’z jangovar vazifalarini Qurolli kuchlarning boshqa turlari b-n mustahkam aloqada turib amalga oshira- dilar. M.h.h.m.q.q. tarkibiga zenitrake- ta, aviasiya va radiotexnika qo’shinlari hamda turli maqsadda tuzilgan Max- sus qo’shinlar kiradi. Bu ko’shinlar tashkiliy jihatdan qo’shilma, qism va bo’linmalardan hamda front orqasi qismlaridan iboratdir. M.h.h.m.q.q. aviasiyasi tovushdan tez uchadigan hamda raketa qurollari b-n jihozlangan qiruvchi samoletlar- ga ega. Radiotexnika qo’shinlari esa za- monaviy radiolokasion st-yalar b-n qurollangan.