Ma’mun akademiyasi

Ma’mun akademiyasi — 9-a. 1-yarmida Xalifa Ma’mun arRashid (813-833) tomonidan Bag’dodda tashkil etilgan ilmiy markaz. Dastlab «Bayt ul hikmat» («bilim uyi» deb atalgan). Bu akademiyada Hunayn ibn Ishoq, so- bit ibn kurra, Xubaysh, Baxtyashu, qusto ibn Luqa al-Baaxbakkiy, Yahyo ibn Adiy, Ishoq al-Damashqiy, Masarjuvayxlar oilasi, Navbaxt, Ibn Muqaffa, Ibn Mojja, Ibn Vaxshiyalar tomonidan yunon, yahudiy, sanskrit, suryoniy, fors tilidan juda ko’plab ilmiy-adabiy, falsafiy-axloqiy asarlar Arab tiliga tarjima qilindi va ularga sharxlar yozi- lib, musulmon dunyosiga yoyildi. Ayni shu tarjima va sharxlar tufayli yunon, hind olimlari asarlari bizgacha etib kelgan. 828 y. M. a. qoshida Bag’dodning ash-Shammasiya mahallasida birinchi rasadxona, 831 y. Damashq yaqinidagi Kosion tog’ida rasadxonaning bo’limi qurilgan. Rasadxonaga dastlab marvlik Abu Ali Yahyo ibn Mansur, keyinchalik Muhammad Xorazmiy rahbarlik kilgan. M. a.da turli maqsadlarda ilmiy ekspe- disiyalar ham tashkil qilingan. Chunon- chi 830 y. Xorazmiy boshchiligida G’arbiy Hindiston (hoz. Sharqiy Afg’oniston), Vizantiya, Volganing quyi oqimiga 3 ta ekspedisiya uyushtirilgan. M. a.da xo- razmiy b-n birga Xolid ibn al-Malik al-Marvarrudiy, Al-Abbos ibn Sayd al-Javhariy, Ahmad ibn Abdulloh al- Marvaziy, Ahmad al-Farg’oniy, Abu Fazl alhamid ibn vase’ibn Turk al- Xuttaliy, Abu Yusuf Yoqub ibn Sabbox al-Kindiy va b. ko’plab o’rtaosiyolik olimlar ijod qilib, turli fanlar rivo- jiga katta hissa qo’shdilar. 11 -a. boshida Xorazm poytaxti gur- ganj (hoz. Ko’hna Urganch) sh.dagi ilmiy markaz ham M. a. deb nomlangan (q. Xo- razm Ma’mun akademiyasi).