MA’MURIY-HUDUDIY TUZILISH

MA’MURIY-HUDUDIY TUZILISH — unitar davlat hududi yoki federativ davlat subyektlari hududining ma’lum qismlar (viloyatlar, guberniyalar, departamentlar va shu kabilar)ga bo’linishi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimi ana shu bo’linishga muvofiq tuziladi va ish olib boradi. Bunday bo’linish idora etishning qulay, davlat organlariga aholining yaqin bo’lishini, ishlab chiqarishni samarali tashkil qilishni nazarda tutib amalga oshiriladi. U, odatda, mazkur davlatning tabiiy-tarixiy, milliy va ijtimoiyiqtisodiy xususiyatlarini aks ettiradi. Ma’muriy-hududiy tuzilish ikki bo’g’inli (AQSH), uch bo’g’inli (Buyuk Britaniya, Fransiya), to’rt bo’g’inli (GFR) bo’lishi mumkin. Juda kichik davlatlarda (Malta, Bahrayn) umuman Ma’muriy-hududiy tuzilish yo’q.