Managua
Managua — Nikaragua poytaxti, mamlakatning sanoat va madaniy Mar- kazi. Managua ko’lining Jan.-Sharqiy sohilida, 60 m balandliqda joylash- gan. Iqlimi tropik iqlim, o’rtacha yil- lik t-ra 27°. Yiliga o’rtacha 1210 mm yog’in yog’adi. Atrofidagi shaharlar b-n mustaqil ma’muriy birlik — milliy okrugni tashkil etadi. Aholisi 1,2 mln. kishidan ziyod (1990-y.lar oxiri). M.ga ispanlar tomonidan indeyslar qishlog’i o’rnida asos solingan. 1846 y.dan shahar maqomini olgan. 1858 y.dan Nikaragua poytaxti. 1912-25 va 1926— 33 y.larda shaharni AQSh qo’shinlari ishg’ol qilib turgan. Managua shahridagi zamonaviy bino- lar.M.— t. y. va avtomobil yo’llari tuguni. Panamerika shossesi shaharni Meksika shaharlari va Markaziy Ameri- ka davlatlari poytaxtlari b-n bog’laydi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. M.da ko’n-poyabzal, to’qimachilik, kimyo, oziq- ovqat, metallsozlik, mebel, tsement sanoati korxonalari mavjud. Shahar yaqinida neftni qayta ishlash z-Di joy- lashgan. M.da Markaziy Amerika unti bo’limi, Milliy un-t fakultetlari, texnika in-ti, milliy arxiv, milliy muzey, milliy teatr bor. Me’moriy yodgorliklaridan Milliy saroy, ratu- sha, sobor saqlangan. Zamonaviy bino- lardan Prezident saroyi, vakolatxo- nalar, hukumat bi-nolari, mehmonxona qurilgan. Shahardan 22 km sharkda Ti- pitapa balneologik kurorti joylash- gan. Shahar 3 marotaba (1885, 1931, 1972) kuchli zil-zyladan vayron bo’lib, qayta tiklangan.