Manas cho’qqisi
Manas cho’qqisi — Talas olatovi tizmasidagi cho’qqi. Tizmaning g’arbiy qismida, Qirg’iziston Respublikasi hududida joylashgan. Balandligi 4484 metr. Perm — trias davrining granitoidlari, porfirit va boshqalardan tashkil topgan. Cho’qqining yon bag’irlari tik, muzliklar bilan qoplangan. Relefi kuchli parchalangan. Muzliklar bilan qoplangan Karr va tsirklar cho’qqining relefini murakkablashtiradi. Yon bag’irlaridagi Alp va subalp o’tloqlardan yaylov sifatida foydalaniladi. Manas cho’qqisi qirg’iz eposi qahramoni Manas nomiga qo’yilgan.