Manaus

Manaus — Braziliyaning shim. dagi shahar, Riu-Negru daryosining Ama- zonka daryosiga quyilish joyida. Shahar tropik o’rmonlar orasida joylashgan. Amazonas shtatining ma’muriy markazi. Aholisi 1,4 mln. kishi (2000). Braziliya Amazoniyasining muhim iqtisodiy, mada- niy va savdo markazi. Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega. Amazonka daryosi bo’yida dengiz kemalari kira oladigan port mav- jud, chetga kauchuk, Braziliya yong’og’i, ka- Kao, qimmatbaho yog’och va b. chiqariladi. Yogochsozlik, to’qimachilik (jut), oziq- ovqat, tamaki sanoati korxonalari bor. Kauchuk qayta ishlanadi, qurilish Mate- riallari tayyoralanadi. Neftni qayta ishlash va kimyo sanoati rivojlanmoqda. Geogr. va Amazoniya tarixini o’rganish in-ti, Filol. akademiyasi, un-t, botanika bosh, muzey bor. Shaharga 1669 y.da asos solingan.