MA’NAVIY-AXBOROT HOKIMIYATI
MA’NAVIY-AXBOROT HOKIMIYATI — bilim va axborot ustidan nazoratdir. Keyingi vaqtda OAV, universitet va maktablar tizimining muhim omiliga aylanmoqda: muloqotning an‘anaviy shakllari (oila, qo’shnichilik, qarindoshchilik, hamkasabalik)dan inson juda kam foydalanib, axborotni asosan televidenie, radio, matbuotdan olishi; ta’sirining sezilmasligi, globalligi, tezligi va manipulyatsiya imkoniyatlari cheksizligi — buning asosiy sababidir.