Manchester

Manchester — Buyuk Britani- yaning g’arbiy qismidagi shahar. Katta M. ko-nurbasiyasining bosh shaxri va metropoliten grafligining ma’muriy markazi. Aholisi 430 ming kishidan ziyod (shahar atrofi b-n 2,6 mln. kishi). Transport yo’llari tuguni. Eruell Daryo- si va Manchester kanalidagi yirik port (yillik yuk ortib-tushirish 10 mln. t dan ortiq). Mamlakatning mu-him sanoat va madaniy markazi. Sano-atining etakchi tarmog’i — mashinasozlik (jumladan, elektrotexnika). Kimyo (bo’yoqlar i.ch.), to’qimachilik, tikuvchilik, qog’oz, poli- grafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Viktoriya unti (1903), shahar muzeyi, badiiy galereya, Fri-Treydxoll kontsert zali bor. Shaharga 10-a.da Rim- liklar qishlog’i o’rnida asos solingan. O’rta asrlarda savdo va hunarmandchilik shaxri bo’lgan. 19-a.da M. ip gazlama sa- noatining dunyoda yirik markaziga ay- landi. Me’moriy yodgorliklardan gotika so-bori (15-16-a.lar) ratusha, birja binosi (19-a.) saqlangan.