Mangazeya

Mangazeya — G’arbiy Sibirning shim.-g’arbida, Taz daryosi bo’yida joy- lashgan qad. rus shahri (17-a.). Nomi — mangazeya yohud molkanzeya degan ne- nes qabilasi joylashgan er nomidan olingan. 17-a. boshida M. Ruslarni Shim. Sibir, Enisey va Lena daryola- ri havzalarini egallashlarida tayanch punkti bo’lib xizmat qilgan. 17-a.ning 20-y.lari boshida unda 2 ming aholi yashagan. G’arbiy Evropa savdo Kompani- yalarining mo’ynaga boy r-nlarga kirish yo’lini to’sish maqsadida 1619 y. M. orqali suzish taqikdangan. M. Aholisi ne-neslar va b. b-n ayirboshlash savdo- sini yuritgan, suvsar, baliqchilik, chor- vachilik, kemasozlik, hunarmandchilik b-n shug’ullangan. Rus savdogarlari ham mo’yna olib ketishgan. 17-a. o’rtalarida Enisey havzasining shim. Qismida mo’ynali hayvonlar qirilgan. Natijada M.ning.iqtisodiy ahamiyati pasaya bor- gan. Markazi Eniseydagi Turuxan manzi- liga ko’chirilgan. 1672 y. bu erda yangi M. (hoz. Krasnoyarsk tarkibidagi r-n marka- zi) shahri qad. ko’targan.