Mang’it

Mang’it — Qoraqalpog’istondagi shahar (1957 yil 18 dekabrdan). Amudaryo tumani markazi. Tumanning Janubi-g’arbida, Amudaryoning chap sohilida. Nukus shahridan 85 kilometr. Aholisi 31,5 ming kishi (2002). Mang’itda paxta tozalash zavodi, maishiy xizmat, ip-yigiruv va tikuvchilik kombinatlari, Mang’it GES, tuman gazeta bosmaxonasi, umumiy ta’lim maktablari, kutubxonalar, klub va madaniyat uylari, kasalxona va boshqa tibbiy muassasalar bor.