Mang’itlar
Mang’itlar — Buxoro Amirli- gini boshqargan sulola (1757-1920). Uning vakillari Mang’it qabilasiga mansub bo’lganlar. Ashtarxoniylar sulo- lasi o’rniga kelgan Muhammad Rahimnit taxtga rasman o’tirishi (1756 y. 16 dek.) Dan boshlangan. Uning vafotidan so’ng taxt vorisi etib Fozil to’ra (qizining o’g’li), keyin Ubaydullaxon tayinlangan bo’lsada, davlatni amalda amakisi doni- yolbiy otaliq (1758-85) boshqargan. Keyingi Mang’it hukmdorlari: Shoh- Murod (1785-1800), Haydar (1800-26), na- srullaxon (1826-60), Muzaffar (1860- 85), Abdulahad (1885-1910), Olimxon (1910-20). Amir Shohmurod Zarafshon vodiy- si, Amudaryo va Qashqadaryodagi sun’iy sug’orish tizimini qayta tikladi. Bu- xoro aholisini bojdan, hunarmandlarni kundalik yig’imlardan, mehnat majburiyatidan va solikdan ozod etuvchi Tarxon yorlig’ini berdi.Xiroj va nikoh puli, tarozi haqi va b. kamayti- rildi. Sud tizimi qayta tuzildi. Dav- lat hokimiyati mustahkamlandi. Amir Haydar davrida o’zaro urushlar kuchay- Di. U Amudaryoning Jan. sohili, yuqori Zarafshon, Shahrisabz va Mi-yonqolni saqlab qolish uchun kurash olib bordi. Nasrullaxon mamlakatdagi tarqoqlikni tugatish uchun kurashdi. Yarim mustaqil va kuchli Shahrisabz va kitob beklikla- ri bo’ysundirildi. Ko’qon xonligi tobe etildi. Amir Muzaffar davrida esa Buxoro amirligi Rossiya tomonidan is- tilo etildi. Amir Abdulahad va Amir Olimxon huk-mronligi vaqtida Buxo- Roda rus pod-sho hukumatining mavqei mustahkamlandi. Buxoro bosqinissh keyin tuzilgan Buxoro Xalq Sovet Re- spublikasi tashkil topgach, M. sulola- si tugatildi. Ad.: Mirza Abd-al-Azim Sami, Tarix-i salatin-i mangitiya, M., 1962; Traktat Axmada Danisha, Istoriya mangits-koy dinastii, Per. i predisl. I. A. Nadjafovoy, Dushanbe, 1967. Naim Norqulov.