Maniax
Maniax (6-a.) — Turk xoqonligining Eronga yuborgan elchi- lar guruhi rahbari, sug’dlik savdogar. Xusrav I Anushirvon uzoq vaqtgacha Sug’d elchilariga uzil-kesil javob bermay turgan, sug’-dlar keltirgan ipak mollari namunalarini o’tga tashlattirgan. M. el- chiligi muvaffaqiyatsiz chiqqach, turklar Vizantiya b-n ittifoq bo’lib, Eronga qarshi yurish boshlashga qaror qilishgan. 568-569 y.larda Turk xoqonligi kon- stantinopolga, Yustin II saroyiga yana M.ni boshliq qilib elchilar yuborgan. Unga Eronni bir chekkada qoldirib, VI- zantiya b-n bevosita savdo munosabatlari o’rnatish vazifasi yuklatilgan. U zimma- sidagi vazifani uddalagan.