MANIFEST

MANIFEST (lot. manifestum – chaqiriq) — 1) Oliy davlat hokimiyatining aholiga qarata tantanali murojaati. Ba’zi hollarda qonunchilik normalarini o’z ichiga oladi yoki muhim qonunlar qabul qilinishi haqida xabar beradi; 2) siyosiy partiya, jamoat tashkiloti va boshqalarning o’z dasturi, qarashlari, qarorlari va shu kabilar bayon qilingan yozma murojaatnomasi, deklaratsiyasi.