Manipur

Manipur — Hindistonning shim.-Sharqiy qismidagi shtat, Myan- ma b-n chegaradosh. Mayd. 22,4 ming km2. Axoliey 2,4 mln. kishi (2001), ko’p qismi Manipur xalqi. Rasmiy tili — mani-Pu- ri tili. Ma’muriy markazi — Impxal sh. M. hududida mil. AV. 33 y.dan 1391 y.gacha Pakxangba sulolasi hukmronlik qilgan. O’rta aerlarda M. mustaqil hokimlik bo’lib, bir necha bor Myanma- liklar hujumiga uchragan. 1826-1949 y.larda inglizlar qo’l ostida bo’ldi. 1963 y.dan ittifokdosh hudud, 1972 y. yanv.dan Hindistonning mustaqil shtati. Er yuzasi tog’lik, eng baland joyi 2500 m. Tog’oralarida bal. 800-1000 m li keng vodiylar bor. Iqlimi iliq, mo»tadil iqlim. Yillik yog’in vodiylar- da 1500 mm, tog’larda 2500 mm gacha. Yon bag’irlarda sernam tropik va igna bargli o’rmonlar hamda o’tloqlar bor. M. — agrar shtat. Asosiy ekini — sholi. Shuningdek, makkajo’xori, bug’doy, shakarqamish, sabzavotlar, paxta, ta- maki ekiladi. Bog’lar bor. Ipak qurti boqiladi. Qo’lda gazlama to’qiladi. Hunarmandchilikda uy-ro’zg’or buyumlari tayyorlanadi. Metallni qayta ishlash, zargarlik buyumlari, o’yin-choqlar yasala- digan korxonalar, tsement, elektronika, plastmassa z-dlari mavjud. M. boshqa Shtatlar b-n avtomobil yo’llari orqali bog’langan. Im-pxalda aeroport, un-t bor. Turizm rivojlangan.