Maniya

Maniya (Yun. mania —telbalik, jahl, shod-xurramlik), maniakal sin- droM — kishi ruhiyati (psixika)ning buzilishi. Bemor kayfi chog’yuradi, serharakat, g’ayratli, lekin ezma bo’lib qoladi, ulug’vorlik hissi va b. paydo bo’ladi. Yuzaki fikr yuritadi, bir nar- sani gapirib turib, ikkinchisiga o’tib ketadi. Ko’pincha, kayfiyati tez o’zgaradi, xursand bo’lib turganda, birdan g’azablanib ketadi. M. maniakaldepres- SIV psixoznutt maniakal fazasida. shi- zofreniya, infektsion, miya kasalliklari zaharlanish va b.da kuzatiladi. Ba’zan ulug’vorlik, buyuklik M.si ham uchraydi. Biror narsaga, mas, o’g’rilikka, jinsiy aloqaga ruju qilish va b. ham M.ga xos.