Mann (Mann) Genrix

Mann (Mann) Genrix (1871.27.3, Lyubek, Germaniya — 1950.12.3, Santa- Monika, Kaliforniya) — nemis yozuvchi- si. «Ajoyibotlar mamlakatida» romani (1900), «ma’budalar» trilogiyasi (1903) da zodagon-yunkerlar monar-xiyasi va re- aktsion prus mafkurasiga qarshi chikdi. «Razil o’qituvchi» romani (1905)da MAK- Tab tarbiyasining pruschamonarxik tizi- mini tanqid qilgan. «Katta muhabbat» dramasi (1912)da zi-yolilar takdiri yoritildi. «Imperiya» trilogiyasida («Sodiq fuqaro», 1914; «kambag’allar», 1917; «Bosh», 1925) Germaniyadagi 1jahon urushi arafasidagi ijtimoiy- siyosiy voqealar tasvirlangan, jami- yatdagi salbiy hodisalar fosh etilgan. M. Prussiya san’at akademiyasi badiiy so’z sho»basi prezidenti etib saylandi (1931). Gitlerchilar hokimiyatga kelgach, M. bu tashkilotdan chikarilib, nemis fuqaroligidan mahrum etildi. U vata- nini tashlab, Frantsiyaga ketishga maj- bur bo’ldi. 1940 y.dan AQShda yashadi. Mu-hojirlikda yaratgan publisistik to’plamlari («nafrat», 1993; «kun ke- ladi», 1936; «mardlik», 1939), «Qirol Genrix IV ning yoshligi» (1935), «Qirol Genrix IV ning balog’ati» (1937) roman- lari vatanparvarlik, insonparvarlik ruhi b-n sug’orilgan. «Sodiq fuqaro» ro- mani o’zbek tilida nashr etilgan (1970).