Manqa
Manqa — odam va hayvonlarda uchraydigan infektsion kasallik. Teri, shilliq pardalar, muskullar va ichki a’zolarning zararlanishi b-n kechadi. Kasallikni tayoqchasimon bakteriya — Pseudomonas mallei qo’zg’atadi. M. Zoo- noz infektsiya bo’lib, aksari bir tuyokli hayvonlar (ot, eshak, xachir, tuya va zebra- lar)da uchraydi. Kasallik, ko’pincha, odamga M. b-n og’rigan otlardan yuqadi. Infektsiya qo’zg’atuvchisi shikastlangan teri yoki shilliq qavatlar orqali organizmga tu- shadi. Kasallikning kasbga aloqadorligi aniqlangan, ko’proq hayvonlarga qaraydigan kishilar (otboqarlar, yilqichilar, chavandozlar, veterinariya xodimlari va b.) kasallanadi. M.ning yashirin davri 1-5 kun. O’tkir va surun- kali kechadi. Kasallikning o’tkir shakli- da qo’zg’atuvchi kirgan joyda yallig’lanish, so’ngra yaraga aylanuvchi gra-nulyomalar paydo bo’ladi. Keyinchalik regionar limfa tugunlarida yallig’lanish, teri va shilliq qavatlarda pus-tulyoz toshmalar, muskullar va teri ostida yiringli yara- lar; ichki a’zolar va muskullarda absses- slar, yiringli osteomielit va artritlar yuzaga keladi. Ko’pincha, qon va bronxlar orkali o’pka shikastlanadi. Letallik juda yuqori. Kasallik bir necha oy davom etib surunkali shaklga aylanishi mum- kin. Hayvonlarda kasallik mikrob b-n ifloslangan ozuqa, go’ng, parvarish vo- sitalari va ot anjomlari orkali sog’lom hayvonga, asosan, ovqat hazm qilish or- ganlari, kam hollarda o’pka orqali yuqadi. Kasallik mavsumiy bo’lmasada kuzqish oylarida ko’proq uchraydi. M.ning yashi- rin davri 3 kundan 2-3 haftagacha. Pa- tologik jarayonning joylashgan joyiga qarab kasallik shartli ravishda burun, o’pka va teri M.siga bo’linadi. Kasallik o’tkir kechganda tana harorati 41-42° gacha ko’tariladi, qaltirash, ko’z va bu- Run shilliq qavatlarining qizarishi, holsizlanish kuzatiladi. 2-3 kun- dan keyin hayvonning burun shilliq qavatida mayda sarg’ish tugunchalar paydo bo’ladi, bir necha soatdan so’ng ular o’zaro qo’shilib, yoriladi. Ular o’rnida cheti egri, tubi yog’simon, yiringli qobig’i bor yaralar hosil bo’ladi. Kasal hayvon, ko’pincha, o’ladi. Kasallik surunkali kechganda tana haroratining vaqti-vaqti b-n ko’tarilishi, o’pka emfizemasi kuza- tiladi, ya’ni o’pka alveolalarida ko’p miqsorda havo to’planib, uning hajmi kattalashadi. Kasallik bir necha oydan bir necha yilgacha cho’zilishi mumkin. Kasallikning oldini olishda uy hayvonlarining veterinarlar nazorati- da bo’lishi muhim ahamiyatga ega. Teri-al- lergik sinama yordamida kasal hayvonlar aniqlanadi va ular yo’qotiladi. Kasal- lik chiqqan molxonalar dezinfektsiya qilinadi. Sog’lom hayvonlar maxsus vak- tsina b-n emlanadi. Kasal hayvonlar b-n muloqotda bo’lgan kishilarga 5 kun davo- mida maxsus dorilar beriladi.