Manqalanish
Manqalanish — burun bo’shlig’i rezanator faoliyatining buzilganli- gi sababli ovoz jarangdorligining o’zgarishi va nutq tovushlarini buzib ay- tish. M.ning yopiq va ochiq xillari Far- klanadi. Yopiq M. surunkali tumov, burunda poliplar, adenoidlar va b. borligidan burundan nafas olib bo’lmaganda yoki nafas olish qiyinlashganda ro’y beradi. Bunda burun tovushlari «M» va «N»ni aytish qiyinlashib, ular «b» va «D» bo’lib eshitiladi (mas, «amma» o’rniga «abba», «na’ma» o’rniga «da’ba»). Ovoz bo’g’ilib chiqadi. Qattiq va yum-shoq tan- glayda anatomik nuqsonlar bo’lganda ochiq M. kuzatiladi. Bunda nutq tovush- larini aytishda havoning bir qismi bu- Run bo’shlig’iga kirib, ovoz manqalanib chiqadi, nutq esa tushunarsiz bo’ladi. M.ga tug’ma yoki orttirilgan anatomic nuqsonlar sabab bo’lishi mumkin. Yopiq va ochiq M., ko’pincha, anatomik nuqsonlar bo’lmaganda ham ro’y beradi; bu funk- tsional M. deyiladi. Davosi M.ning ikkala xilida ham burun-xal-Qumdagi to’siq, shuningdek, anatomik nuqsonlar bartaraf etiladi. Bemor logopedik mashg’ulotlar yordamida tuzalib ketadi.