MANSABDOR SHAXS USTIDAN SHIKOYAT

MANSABDOR SHAXS USTIDAN SHIKOYAT — fuqarolarning o’z buzil- gan huquq va erkinliklarini tiklab olishni talab qilib yuqori organ yoxud mansabdor shaxs yoki sudga murojaat qilish huquqi. Bunday huquq O’zR kon- stitusiyasida kafolatlangan (44modda). Bu konstitusiyaviy normaning rivoji sifatida «fuqarolarning huquklari va erkinliklarini buzadigan xatti- harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to’g’risida» (1995 y. 30 avg.) va «fuqarolarning murojaatlari to’g’risida» (2002 y. dek.) qonunlar qabul qilingan. Qonunga ko’ra, O’zR fuqarolari davlat organlariga, mansabdor shaxslar- ga arizalar, takliflar va shikoyatlar b-n murojaat qilishlari mumkin. Xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar O’zR davlat organlari- ga qonunga muvofiq murojaat qiladilar. Tobelik tartibida yuqori turuvchi or- gan, mansabdor shaxs shikoyatni 1 oy- lik muddatda ko’rib chiqishi shart. Agar fuqaroning shikoyatini qanoatlantirish rad qilingan yoki fuqaro 1 oy muddat mobaynida o’z shikoyatiga javob olmagan bo’lsa, u sudga murojaat qilishga haqli. Shikoyatni fuqaro yoki uning vakili, shu- ningdek, fuqaroning iltimosiga ko’ra, jamoat birlashmasining, mehnat jamo- asining vakolatli vakili berishi mum- kin. Shikoyat fuqaroning xohishiga qarab u yashaydigan joydagi sudga yoki davlat organi joylashgan erdagi yoxud mansab- dor shaxsning ish joyi hududidagi sudga beriladi. Harbiy xizmatchilar o’zla- rining huquq va erkinliklarini bu- zayotgan harbiy boshqaruv organlari va harbiy mansabdor shaxslarning xatti- harakatlari ustidan shikoyat b-n harbiy sudga, shuningdek, yuqori turuvchi man- sabdor shaxslarga murojaat qilishga haqli. Mirzayusuf Rustamboev.