Manti
Manti (xitoycha Myan — xamir, ti — go’sht) — xamir taom. M. uchun xa- Mir qattiqroq qilib qoriladi, so’ngra zu-vala yasab, o’rab 10 min. tindirib qo’yiladi. Xamir yupqa (1-2 mm) qilib yoyiladi. Yoyma 10×10 sm kattalikda kesiladi. M. qiymasi uchun go’shtning lahm qismi go’shtqiymalagichning yirik ko’zidan o’tkaziladi yoki mayda to’g’raladi. Qiymaga piyoz, murch, namakob qo’shib, yax- shilab mijig’lanadi. M. uchun dumba (char- VI) yog’i bodomday kattalikda to’g’raladi. Har bir jildga bir bo’lak dumba va qiyma solib, M. tugiladi. M. yog’langan lappaklarga teriladi, so’ng suv purkab mantiqasqonga qo’yiladi va 45 min.dan 1 soatgacha bug’lanadi. Tayyor taom likop, lagan yoki kosalarda betiga qatiq yoki qaymoq quyib, murch sepib, dasturxonga tortiladi. Ishlatiladigan masallig’iga ko’ra, M.ning qovurma M., kartoshka M., oshqovoq M., yaxlit M. va b. turlari bor.