Mantiqiy xatolar
Mantiqiy xatolar — muhokama yuritish jarayonida mantiq qonunlari va qoidalarining buzilishi yoki ular- ga amal qilmaslik natijasida vujudga keluvchi noto’g’ri fikrlar. Quyidagilar M.x.ning kelib chiqishiga sabab bo’ladi: a) to’g’ri tafakkur yuritishga xos asosiy krnunlarning (ayniyat, ziddiyat, etarli asos, uchinchisi istisno krnunlari) ta- lablari bajarilmasligi; b) tushuncha- larning noto’g’ri ta’riflanishi; v) Xu- losa chiqarish qoidalarining buzilishi. Mantiq ilmida isbotlash va rad etish qoidalarining buzilishi b-n bog’liq M.h. alohida o’rganiladi. Bu xatolar 3 turga bo’linadi: 1) tezisga; 2) asosga; 3) isbotlash usuliga aloqador bo’lgan xa- toliklar. Tezisga taallukli xatoliklar «tezisni almashtirish» deb ataladi. Asosga taallukli xatoliklar «xato FIK- rlarga chin deb asoslanish», «asoslarni avvaldan taxminlash» b-n bog’liq. Is- botlash usuli b-n bog’liq xatolik tezisga aloqador bo’lmagan dalillar asoslanil- ganda, xulosa chiqarish qoidalari buzil- ganda vujudga keladi.