Mantiqiy xulosa
Mantiqiy xulosa — bir va un dan ortiq chin mulohazalardan ma’lum qoidalar yordamida yangi bilimlarni keltirib chiqarish. Xulosa chiqarish ja- rayoni asoslardan xulosaga mantiqan o’tishdan tashkil topadi. M.x. chikarish uchun asoslar chin bo’lishi, bir-biri hamda xulosa b-n mantiqan bog’langan bo’lishi shart. Xulosa asoslari b-n xulo- saning mantiqan bog’liq bo’lishi xulosa chiqarish qoidalarida qayd qilingan bo’ladi. Mantiq ilmida fikrning harakat yo’nalishiga ko’ra, deduktiv Xu- losa chiqarish, induktiv xulosa chiqarish va analogiya (o’xshatish) orqali xulo- sa chiqarish turlari o’rganiladi. M.x. chiqarishning har bir turiga xos bo’lgan qoidalar mavjud bo’lib, ularning buzi- lishi xulosaning xato bo’lishiga olib ke- ladi (yana q. Manttshiy xatolar).