Maqomot
Maqomot (arabcha-maqomlar)-1) o’rta asr musulmon Sharqi xalqlari musiqa ilmida pardalar, tovushqatorlar, kuy-ohanlar va jins-jamlar majmui. Ilmiy atama sifatida ilk bor Qutbiddin ash-Sheroziy (XIII-XIV asrlar)ning “Durrat ut-toj li g’urrat ud-deboj” (Podshoh tojining gavhari) qomusida, musiqa ilmiga bag’ishlangan bo’limda qo’llanilgan; 2) O’rta va Yaqin Sharq xalqlari mumtoz musiqa san’atida muayyan tovushqatorlar va usullar tizimiga asoslangan maqom, muqom, mug’om, navba, dastgoh, taqsim (taqasim), peshrav kabi turkum janrlariga nisbatan ishlatiladigan umumnazariy tushuncha; 3) O’rta asr Sharq adabiyotida nasriy turkum janri. Al-Haririy, al-Hamadoniy kabi arab adiblarining Maqomotlari jahon adabiyotida mashhur bo’lib, Yevropa tillariga tarjima qilingan; 3) tasavvufda soliq erishgan darajalar tushuniladi.