Mardlar

Mardlar, amardlar — mil. AV. 1ming yillikda Kaspiy dengizining Jan. sohillarida yashagan ko’chmanchi qad. xalq. Aleksandr (Iskandar Maqduniy) ning yurishlari bayon qilingan asarlarda M. mamlakati qashshoq ekanligi tufay- li Axomaniylar nazariga tushmaganligi, uning mustaqil ekanligi bayon etilgan. Dastlab, Aleksandrdan, keyinchalik mil. 2-a.ning 1-yarmida Parfiya pod- shohi Fraat I tomondan mag’lub bo’lgan M. Rey sh. atrofiga ko’chirilganlar. M. yasha- gan erlar tapurlar tomonidan egallan- gan. Safidrud daryosi (Eron) M. nomidan Amard deb ham atalgan.