Marek kasalligi

Marek kasalligi — parranda- larning neyrolimfomatozi, favqulodda paydo bo’ladigan va o’ta yuquvchan Konta- gioz virusli kasallik. Sanoat parranda- chiligi rivojlangan barcha davlatlarda keng tarqalgan. Asosan, tovuqlar kasal- lanadi, lekin kurka, tusto-vuq, bedana va b. parrandalarda ham uchraydi. O’tkir kechganda ichki organlar, teri va musha- Klarda limforetikulyar to’qimalarning rivojlanib kupayishi, surunkali kech- ganda esa periferik nerv tomirlarining zararlanishi, kuz shox pardasining ran- gi o’zgarishi va krrachiqning deforma- tsiyasi b-n tavsiflanadi. Parrandalarda umumiy holsizlik, oriqlash, junjikish, qanot va oyoqlarida parez va paralich ku- zatiladi, ko’zi ko’rmay qoladi. So’yilgan kasal parranda mahsulotlari, parvarish predmetlari yuqish omillari hisoblanadi. Tashhis epizo-otologik (virusologik va sero- logik) tekshirishlar natijasida qarab qo’yiladi. Davosi topilmagan. Oldini olish: parrandalarni parva- rish qilishda veterinariya sanitariyasi va zoogigiena qoidalariga qat’iy rioya qilish; inkubasiya uchun tuxum faqat sog’lom xo’jaliklardan olinishi zarur. Bir sutkalik jo’jalarni vaktsina b-n em- lash iqtisodiy zararning keskin kamay- ishiga olib keladi. Hoshim Nurmamatov.