Marganets rudalari
Marganets rudalari — tarkibida marganets bo`lgan mineral birikmalar. Marganets qo`shilsa, po`lat bilan cho`yan bolg`alanuvchan va qattiq bo`ladi. Marganets rudalarining 90% idan kuprog`i qora metallurgiyada, qolgan qismi kimyo sanoati va boshqa sohalarda ishlatiladi. Marganets ruda konlari Hindiston, Braziliya, JAR, Marokash, Gabon, XXR, Ruminiya, Vengriyada topilgan.