Margarita
Margarita — Karib dengizidagi orol, Venesuela hududi. Maydoni 1036 km2. Relefi, asosan, sertepa tekislik, g’arbiy va Sharqiy qismlarida balandligi 700— 1000 metrli tog’massivlari bor. Kserofit butalar va urmonlar bilan qoplangan. Magnezit konlari topilgan. Aholi chorvachilik, baliq ovlash, marvarid yig’ish va tropik dehqonchilik bilan shug’ullanadi. Iqlim kurorti ko’p (Porlamar va boshqalar). Margaritada Asunson shahri joylashgan. Turizm rivojlangan.