MARGINAL

MARGINAL (lot. chet, chekka) — shaxs, ijtimoiy qatlam yoki guruh muayyan jamiyat uchun xos tuzilmalar, ijtimoiy-madaniy me’yorlar, siyosiy an’analar, xususiyatlarining ayrimlarini yoki barchasini yo’qotish. U aholi va individlarning jamiyat tarkibida gorizontal va vertikal ko’chishi imkonyatlari kengayishi bilan bog’liq.