Ma’rifatchilik

Ma’rifatchilik-madaniyat va ma’naviyat sohasidagi oqim. Uning negizini fan, bilim imkoniyatlariga katta ishonch tashkil qiladi. Ma’rifatchilar bilim yordamida ijtimoiy hayotdagi nomutanosiblik va kamchiliklarni bartaraf qilish mumkinligiga ishonganlar. Shu nuqtai nazardan Ma’rifatchilikni mafkuraviy, ijtimoiy-falsafiy oqim deyish mumkin. Ilm-fanni egallash va targ’ib qilish qadimgi zamonlarda boshlangan bo’lsa-da, Ma’rifatchilik oqim sifatida G’arbda XVII asr oxiri-XVIII asr boshlarida, Sharqda esa XIX asr oxiri-XX asr boshlarida maydonga keldi.