Marjon dengizi

Marjon dengizi — tinch okean- dagi yarim yopiq dengiz. Avstraliyaning shim.-Sharqiy qirg’og’i, yangi Gvineya, Yangi Kaledoniya o.lari oralig’ida, shim.- g’arbda Torres bo’g’ozi orqali Hind okea- ni b-n tutashgan. Mayd. 4068 ming km2. O’rtacha chuq. 2394 m, eng chuqur joyi 9174 m. Dengizda marjon riflari (jumladan, Katta to’siq rifi) va Orol ko’p. Kema yurishi juda xavfli. Tubining rele- Fi notekis, o’rqirli. Aylanma oqimlar bor. G’arbiy chekkasidan Sharqiy Av- straliya oqimi boshlanadi. Suvining yuza qismida t-ra janubda avg.da 19° dan Fev.da 24°gacha, shim.da yil davomida 28° atrofida. Sho’rligi 35,5°/0o. Suv qalqishi notekis. Akula, uchar baliqlar bor. Asosiy portlari: Kerns (Avstra- liya), Port-Morsbi (yangi Gvineya o.), Nu- MEA (yangi Kaledoniya o.).