Marjondaraxt

Marjondaraxt (Sambucus) -(shilvidoshlar) oilasiga mansub o’simliklar turkumi. Buta yoki kichkina daraxt, ba’zan ko’p yillik o’t. Ikkala yarimsharda 40 ga yaqin turi tarqalgan. O’zbekistonda kora M. (S.nigra) turi o’sadi. U yirik buta yoki daraxtcha; guli sarg’ish-oq, mayda, to’pguli soyabonsimon- ro’vaksimon, mevasi krramtirbinafsha, guli va mevalari vinoga rang berish va xushbo’y qilish uchun ishlatiladi; manza- rali o’simlik. Shingilsimon, qizil yoki oddiy M. (S.racemosa) — ser-shox buta yoki daraxtcha; guli oqish yoki yashilsariq, to’pguli tuxumsimon; mevasi qizil. O’tsimon M.yoki buznik (Sebulus) — ko’p yillik qo’lansa o’t, bo’yi 0,5—1,5 m. Qora M. va o’tsimon M. gullarining qaynatmasi terlatuvchi, siydik haydovchi, burushtiruvchi sifatida va og’izni chayish uchun ishlatiladi.