MARKAZIY MIRZACHO’L KOLLEKTORI

MARKAZIY MIRZACHO’L KOLLEKTORI — Mirzacho’l hududida qurilgan eng katta kollektor. Mirzacho’lni shim.- g’arbiy yo’nalish bo’ylab ikkiga ajratib turadi, sug’orish mavzelarining shartli chegarasi hisoblanadi. Kollektorning 18 km. li bosh qismi tabiiy chuqurlikdan, davomi esa Do’stlik kanali va Janubiy Mirzacho’l kapali oralig’idagi eng past joylardan o’tadi. Umumiy uz. 85 km, chuq. 3-7 m. Suv yig’ish mayd. 335 ming ga, suv sarfi 43 m3/s, quyi qismining suv o’tkazish imkoniyati 90 m3/s. Kollektor zovur suvlarini Mirzacho’lning g’arbiy chegarasidagi Arnasoy paettekisligi- ga tashlaydi. M.M.k.ning birinchi na — vbati 1954-57 y.larda qurilgan, 1966 y.da to’liq qurib tugallangan. Kollektor Mirzacho’lning qadimdan sug’oriladigan erlarining bir qismiga va, asosan, yangi sug’oriladigan maydonlariga xizmat ko’rsatadi. Kollektorga sug’oriladigan mavzelardan Jetisoy (32,4 km), boyo- vut (32,3 km) kollektorlarining suvi o’z oqimi b-n va Sardoba kollektori- ning suvi nasos st-yasi yordamida, yangi sug’oriladigan mavzelardan esa MK-6 (15,1 m3/s), MK-7 (42,2 m3/s), MK-9 (11,4 m3/s) va b. bir qancha xo’jaliklararo va xo’jalik kollektorlari suvi qu-yiladi.