MARKAZIY YAKUTIYA (VILYUY) PASTTEKISLIGI

MARKAZIY YAKUTIYA (VILYUY) PASTTEKISLIGI — Lena daryosining o’rta va quyi, shuningdek, Vilyuy va Aldan daryolarining quyi oqimlaridagi tekis- lik. Kenglik bo’ylab 550 km ga cho’zilgan. Bal. 2000-4000 m. Er yuzasi lyossimon, qumoq va qumlardan tuzilgan. Ko’p yil- lik muzlab yotgan jinslar, botqoqlik va termokarst ko’llari ko’p. Iklimi keskin Konti-nental. Yanv.ning o’rtacha t-rasi — 45°, mutlaq minimum — 63°, iyul- ning o’rtacha t-rasi 17°, mutlaq maksimum 39°. Yiliga 300 mm yog’in tushadi. Yil- lik o’rtacha t-ra — 9°, -12° bo’lganidan abadiy muzlab yotgan erlari bor (zamini 200-300 m chuqurlikkacha muzlab yota- Di), ezda ustki qismigina eriydi va shu joylarda dehqonchilik qilish mumkin. Tuproqlari kam podzollashgan karbonat- li, podzolli-gleyli, torfli-gleyli va o’tloqi allyuvial tuproklar. Daraxtlar- dan, asosan, Dauriya tilog’ochi, qarag’ay, qayin, tog’terak o’sadi. Olmos, kumir, gaz, neft konlari bor.