MARKETINGNI BOSHQARISH
MARKETINGNI BOSHQARISH — korxona maqsadlariga erishishi uchun ahamiyatli xaridorlar bilan foydali ayriboshlovlarni o’rnatish, mustahkamlash va qo’llab-quvvatlash yuzasidan qilingan tahlil, rejalashtirish, tatbiq qilish va tadbirlar bajarilishini nazorat qilish harakatlari. Marketingni boshqarish jarayoni quyidagilardan tarkib topgan: l) bozordagi imkoniyatlarni tahlil qilish; 2) maqsadli bozorni tanlab olish; 3) marketing usulini ishlab chiqish; 4) marketing tadbirlarini hayotga tadbiq etish