Markiz orollari

Markiz orollari — tinch okean- ning Markaziy qismidagi vulkan orolla- ri guruhi, Polineziyasa. Frantsiya mulki. Mayd. 1049 km2. Eng yirik orollari: Nukuxiva va Xiva-OA. Zamini basalt va tuflardan tashkil topgan. Eng baland joyi 1259 m. Qirg’oklari qoyali, tik. Iklimi tropik, passatli iqlim. O’rtacha oylik t-ra 22° dan past bo’lmaydi. Yi- liga 1000 mm gacha, shamolga ro’para yon bag’irlarda esa 2500 mm gacha yog’in yog’adi. Orollar sernam tropik o’rmonlar va bu- tazorli savannalar b-n qoplangan. Kokos palmasi, paxta, banan, kofe plantasi- yalari bor. Baliq, marvarid va dengiz toshbaqasi ovlanadi. Turizm rivojlan- gan. M.o.ni 1595 y.da ispan dengizchi sayyohi A. Mendanyade-Neyra tadqiq et- gan va Peru viseqiroli markiz Mendo- sa sharafiga shunday atagan. Ma’muriy markazi — Taioxae.