Markoni (Marconi) Gulelmo
Markoni (Marconi) Gulelmo (1874.25.4, Bolonya — 1937.20.7, Rim) — italiyalik radiotexnik va tadbirkor. Muntazam ilm olmagan. Elektromagnit to’lqinlar haqida asosiy ma’lumotlar- ni italyan fizigi A. Rigidan olgan, uning rahbarligida o’smirlik davrida fizika b-n shug’ullangan. 1896 y.da Buyuk Britaniyaga ko’chgan va u erda elektro- magnit to’lqinlar yordamida signal be- rish tajribalarini o’tkazgan. 1897 y.da simsiz telegraflash usuliga tegishli ixtirosiga patent olgan, aktsiyadorlik jamiyatini tashkil qilgan (1897). Aloqa vositasi sifatida radioni rivojlan- tirgan. 1901 y.da Atlantika okeani orqali radioaloqa o’rnatgan. Nobel mu- kofoti laureati (1909; K. F. Braun b-n hamkorlikda).