Markuze (Marcuse) Gerbert

Markuze (Marcuse) Gerbert (1898. 19.7, Berlin — 1979.29.7, Shtarn- Berg) — nemis-Amerika faylasufi va sosiolog. 1934 y.dan AQShda. Fan va texnika rivojlangan jamiyatda inqilobiy o’zgarishlar qilish tashabbu- si «qoloqlar» (lyumpenlar, ishsizlar) va radikal ziyolilar hamda talabalar to- moniga o’tadi, deb uqtirgan. Kurashning oshkora shakllarini «parlament o’yini» sifatida baholab, ulardan voz kechish- ni talab qilgan. M. g’oyalari G’arbda so’l ekstremistik kuchlar dunyoqarashiga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Asosiy asarlari: «Eros va tsivilizasiya» (1955), «loqayd inson» (1964), «psixologik taxlil va siyosat» (6nashri, 1980).