Marokash

Marokash — Marokash davla- tining Jan.-g’arbiy qismidagi shahar. Baland Atlas tog’larining shim. etagi- da. Marokash viloyatining ma’muriy markazi. Aholisi 1 mln. kishi (2000). Transport yullari tuguni. Aeropor- ti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakat Jan. qismining muhim iqtisodiy Mar- kazi. Oziq-ovqat, kimyo, to’qimachilik, yog’ochsozlik sanoati korxonalari mavjud. Savdohunarmandchilik markazi. Qo’lda gilam, badiiy matolar to’qiladi, yog’och va teridan turli buyumlar yasaladi. Qishki kurort Maribor. Turistlar kup keladi. Shaharga 1062 (ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, 1060) y.da asos solingan. M. kar-von yo’llari kesishgan erda joylashgan- ligidan tez orada yirik savdo markaziga aylangan. 1554-1659 y.larda Marokash davlatining poytaxti. W12 y.da Ma- rokash ustidan Frantsiya protektorata o’rnatilgach, M.ning siyosiy mavqei Pa- saydi. Me’moriy yodgorliklardan Qutubiya masjidi (1153), bin Yusuf madrasa- si (1565), Baqiya saroyi (1894-1900), maqbaralar ansambli (16-a. 2-yarmi) va b. saqlangan. Muzeylar, un-t bor.