Marqa

Marqa — o’zbek qabilalaridan biri. Marqalar 20-asrning boshlarigacha Zarafshonning o’rta va yuqori oqimida, ayrim guruhlari Surxondaryo viloyatida tarqoq holda yashagan. Marqa o’tmishda qabila uyushmasi bo’lib, uning tarkibiga ming, qirq, yuz qabilalari kirgan. Oktabr to’ntarishidan oldin Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida yashovchi qirq, yuz, ming qabilalari o’zlarini «marka bolasi» deb, Kofirnihon Daryo vodiysida (Tojikiston) yashovchi Marqalar, aksincha, o’zlarini qirq, yuz qabilalari ichidagi urutlar yoki bo’laklardan biri deb hisoblaganlar. Marqalarning etnogenezi haqida aniq ma’lumot yo’q. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, qadimgi hun qabilalaridan biri Marqa deb atalgan.