Mars maydoni
Mars maydoni — 1) qad. Rimda Tibr daryosining chap sohilidagi may- don (shahar tashqarisida). Dastlab Mar- sga bag’ishlangan marosimlar, harbiy va gimnastik o’yinlar, chavandozlik musobaqalari o’tkazilgan. Respublika davri (mil. AV. 6-a. oxiri)da xalq yig’ini o’tkazilgan joy. Keyinchalik maydon- ning bir qismida imorat qurilib, Mars mehrobi o’rnatilgan joygina M. m. deb yuritiladigan bo’lgan; 2) Parijdagi (Sena daryosining chap sohilida) maydon. 18-a.ning 2-yarmida harbiy mashklar, Buyuk frantsuz inqilobi davrida omma- viy namoyishlar va tantanali marosim- lar o’tkazilgan. M. m. da 1889 y.da Ey- fel minorasi kurilgan; 3) Peterburg- dagi maydon, shahar markazi loyiha ti- zimidagi muhim tarkibiy qismi. 1818 y. qad. Rim M. m.ga qiyoslab nomlangan. Sar- karda P. A. Rumyantsev («Rumyantsev obeli- ski», marmar granit, 1798-99, me’mor V. F. Brenno) va A. V. Suvorov (bronza, granit, 1799-1801, haykaltarosh M. I. Kozlovskiy)ga yodgorlik o’rnatilgan. Ansamblda marmarli saroy (1768-85, me’mor A. Rinaldi), Pavlovsk kazar- malari (1817-20, me’mor V. P. Stasov), shuningdek, muhandislik qo’rg’oni, yozgi bog’bor.