Marshalit
Marshalit – changsimon kvarts (tog’ uni, changsimon kremnezem); nozik dispersli kvartsning chan massasi, odatda oq rangga ega. Bular avtoklavli silikat materiallari, eruvchan shishalar, yengil dinasli o’tga chidamli va turli o’ta chidamli yopishqoq qorishmalar ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Burchakli kvarts donalari bilan xaltsedon, opal, karbonat va loysimon material aralashmalari bilan mavjud. Tabiiy kvarts qumi mayda dispers holatga kelib, SiO2 tarkibida kamida 99% bo’ladi.