Marsinkyavichyus Yustinas Moteyaus

Marsinkyavichyus Yustinas Moteyaus (1930.10.3, Vajatkemis qishlog’i, hoz. Prenay tumani) — lit- va xalq shoiri (1978). Ilk she’rlar to’plami — «so’z so’rayman» (1955). Do- ston («yigirmanchi bahor», 1956; «qon va kul», 1960; «devor», 1965) va drama- tik dostonlariga («Mindaugas», 1968; «Ibodatxona», 1971; «Majvidas», 1977) ramziy obrazlilik, falsafiy va ijti- moiy epik problematika xos. «Publi- tsistik Doston» (1963), «Donelaytis» (1964) dostonlari, «G’allakor qo’llar» (1963), «yog’och ko’priklar» (1966) va b. she’riy to’plamlarida Litva xalqi hayoti haqidagi o’ylari aks etgan. «Ku- luvchan qarag’ay» qissasi (1961) yoshlarga bag’ishlangan. Bolalar uchun bir qancha asarlar yozgan. «Mindaugas iztirobi» dramatik dostoni (1979) va turkum she’- rlari o’zbek tiliga tarjima qilingan.