Marso Marsel

Marso Marsel (1923.22.3, Stras- burg, Frantsiya) — pantomima san’ati ri- vojiga katta hissa qo’shgan frantsuz mim aktyori. 1940-y.larda Sara Bernar teatri qoshidagi dramatik Studi-yada aktyorlik mahoratidan ta’lim olgan, keyinroq Sh. Dyullen va E. Dekru kabi sahna ustalari- dan pantomima sirlarini o’rgangan. 1947 y. Parijda «mimlar Hamdo’stligi» trup- pasini tashkil etib, 1960 y.gacha unga rahbarlik qilgan. O’rta asrlardagi «ko- mediya del Arte» teatri qahramoni Pe- ro va Charli Chaplin ta’sirida yaratilgan Bip obrazi orqali bir qancha pantomi- mik spektakllar («bip-sport qiroli», «Bip — skripkachi», «bip — hayvon urgatuvchi», «Parij yig’lamoqda», «Pa- Rij kulmoqda», «yarmarka», «rassom» va b.) yaratdi. «O’spirinlik, etuklik, qarilik, o’lim» nomli miniatyurasi b-n mashhurligi yanada oshdi. M. ijodi mim san’ati an’analarini rivojlan- tirishga qo’shgan katta hissasi, chuqur insoniy haqiqat b-n sug’orilganligi, fikr o’tkirligi, yorqin obrazlar umum- lashmasi b-n ajralib turadi. 1978 y. Parijda pantomima maktabini tashkil etdi va hozirgacha unga rahbarlik qilib kelmoqda. Pantomima tarixi va nazariya- siga oid kitoblar muallifi.