Martinson Xarri

Martinson Xarri (1904.6.5 — Stokgolm — 1978.11.2) — Shvesiya sho- iri, jurnalist. Ilk she’rlar to’plami — «Sharpa va kema» (1929). «Maqsadsiz sayyohatlar» (1932) ocherklar to’plami va «qichitqi o’t gullari» (1935) romani o’zining sarsonsargardonlikda kechgan umri, og’ir etimlik taassurotlari aso- sida yozilgan. M. «Ko’chmanchi» (1930), «Hayotga yo’llanma» (1936), «Passat» (1945) she’riy to’plamlari, «Klokri-ke- dagi yo’l» (1948) romani va b. asarlar mu- allifi. M.ning «Aniara» (1956) falsa- fiy dostoni mashhur. Asar, bortiga 8000 erlik olgan kosmik kema haqidagi 103 qo’shiqsan iborat. Odamlar er sayyorasi- dagi atom halokatidan qochib ketadilar. Ayni vaktda, ma’naviy qadriyatlarni yo’qotgan odamzotning majoziy tarixi- dir. Nobel mukofoti laureati (1974).