Ma’rufov Zokir Ma’rufovich
Ma’rufov Zokir Ma’rufovich (1912.1.3 — Toshkent — 1984.1.3) tilshu- nos olim, lug’atshunos. O’zbekistonda xizmat kursatgan o’qituvchi (1972). Na- rimonov nomidagi Ped. texnikumi- ni tugatgan (1931). Qashqadaryo viloya- tida o’qituvchilik qilgan (1931-32), O’zbekiston FA til va adabiyot in-tida ilmiy xodim, direktor o’rinbosari, dia- lektologiya va eksperimental fonetika, hoz. zamon o’zbek tili sektorlari (1947- 51), lug’at bo’limi (1952— 84) rahbari. M. o’rta maktab va bilim yurtla- ri uchun o’zbek tilidan darslik va qo’llanmalar yaratishda faol ishtirok et- gan. Uning ishtirokida 5 jildli «ruscha- O’zbekcha lugat» (1950-56), 1 jildli «O’zbekcharuscha lug’at» (1959), 2 jildli «O’zbek tilining izox^li lug’ati» (1981), 2 jildli «ruscha-O’zbekcha lug’at» (1983— 84), «ruscha-O’zbekcha so’zlashgich» (1969), «O’zbekcharuscha so’zlashgich» (1971) kabi ishlar yaratilgan. M. ilmiy asarlari b-n O’zbekistonda leksikologiya va leksiko- grafiya fanining rivojiga katta hissa qo’shgan. Toshkentda A. Ikromov tumani- dagi ko’chalardan biriga va Yunusobod tu- manidagi 83maktabga M. nomi berilgan.