Marvaridgul

Marvaridgul (Convallaria) — pi-yozguldoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’tsimon o’simliklar turkumi, ekma gul. Ba’zan mustaqil tur sifatida ajratiladigan may M. (S. majalis) turi ekiladi. M. namsevar, ildizi gorizon- tal joylashadi, 2 yoki 3 ta uzun bandli cho’ziq ildizoldi barglari mavjud. Il- dizpoyasidan o’sib chiqqan bachkilari orqali ko’payadi. Gulbandi (20 sm)ning bir tomoniga xushbo’y oq gullar joylash- gan. May—iyun oylarida gullaydi. Me- vasi dumaloq, qizil, sersuv. M. salqin, chirindiga boy qumlik joyni va tez-tez sug’orib turishni talab qiladi. O’rta Osiyo sharoitida bachkilarini mart oyi boshlarida ko’chat qilgan ma’-qul. May M. dorivor o’simlik sifatida ishlatiladi. Uning er ustki qismi tarkibida yurak glikozidlari (asosan, konvallatoksin va konvallazid) bor. May M. manzarali o’simlik sifatida o’stiriladi. M.ning qatmaqat, pushti gulli xillari bor.