Mashhad
Mashhad — Eronning shim.- Sharqiy qismidagi shahar. Xuroson ostonining ma’muriy markazi. Ka- shafrud daryosi vodiysida. Aholisi 1,9 mln. kishi (1998). Tehron — Mashhad t. y.ning oxirgi st-yasi. Avtomobil yo’llari tuguni. Mamlakat shim.-Sharqiy qismining savdosanoat, siyosiy va mada- niy markazi. Metallsozlik, yog’ochsozlik, to’qimachilik (ip gazlama), ko’n-poyabzal, oziq-ovqat, kimyo sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ish- lab chiqariladi. Issiqlik elektr st- yasi, un-t bor. Hunarmandchilikda gilam to’qiladi, uy-ro’zg’or va zargarlik buyum- lari tayyorlanadi. M. o’rnida 9-a.da Sanobod qishlog’i bo’lgan. M. nomi dastlab Arab geograf- lari asarlarida tilga olingan (10-a. da). Shahar 11-12-a.larda G’aznaviylar va Saljuqiylar qo’l ostida bo’lgan. 13- a. oxirida mo’g’ullar hujumi natija- sida shaharning ko’p qismi buzilgan. 14-a. oxiridan Xurosonning eng Yi- rik shaharlaridan biri. Temuriylar va Safaviylar hukmronligi davri- da M. ravnaqtopgan. 1736-47 y.larda Nodirshoh davlatining poytaxti. 1795 y.da M.ni Qojarlar egallagan. M. — shialarning «muqaddas» shahri. Me’moriy yodgorliklaridan Imom Rizo maqbarasi (9-a.). Gavharshod begim mas- jidi (1405-18), madrasa, karvonsa- roylar saqlangan. Nodirshohmaqbarasi, Rizoshoh bemoristoni 20-a.da qurilgan. Shahar chekkasida fors shoiri A. Firdav- siyning qabri bor (qabr ustiga maqbara qurilgan).