Mashina

Mashina (lot. machina — qurol, qurilma) — bir turdagi harakat Energi- yasini ikkinchi turdagi harakat energiya- siga aylantirish, materiallar yoki axbo- rotlarni o’zgartirish, aloqa o’rnatish, yuk va odamlarni tashish uchun mo’ljallangan mexanizm yoki mexanizmlar majmui. Ja- miyatdagi i. ch. kuchlarining eng muhim tarkibiy qismi, yirik mashinali i.ch.ning moddiy negizi, aloqa va trans- portning asosiy vositasi hisoblanadi. M. — fantexnika inqilobining asosi. M. ayni paytda ham mehnat quroli, ham mehnat mahsuloti hisoblanadi. Inson kadimdan o’z mehnatini engillashtirish uchun turli-tuman qurol va qurilmalarni yaratishga urinib kelgan. Mola, omoch, charxpalak, urchuq, charh, dug, to’quvchilik dastgohlari (do’konlari), cho’t, palaxmon, piltato’p, shamol tegirmoni va b. vosi- talar M. yaratish borasidagi urinish- lar edi. Shuning uchun ilgari M. inson mehnatini osonlashtiradigan mexanik tizim deb tushunilgan. Bora-bora u in- sonning aqliy mehnatini va fiziologik vazifasini ham bajaradigan murakkab tizimga aylandi. M.dan foydalanish mehnatning maz-muni va tarzini o’zgartirish, xalq xujaligining barcha tarmoqlarida mehnatning darajasini bir-biriga yaqinlashtirish va rivojlantirish, ish unumdorligini oshirish va shu asosda yuqori iqtisodiy samaradorlikka eri- shish, mehnatni mashaqqatli va zeri- Karli gomushdan ishtiyoq b-n bajarila- digan ehtiyojga aylantirishning asosi hisoblanadi. M. umuman ijro mexanizmi (ish M.si), qarakatlantirish mexanizmi, uza- tish va nazorat-boshqarish qismlaridan iborat buladi. Mas, tikuv M.sining ijro mexanizmi uning ninasi, paxta terish M.siniki — shpindellari va h. k., velosipedning harakatlantiruvchi qismi uning pedali, yulduzcha va zanjir- lari, avtomobilning nazorat-boshqarish qismi rullari va turli asboblari (tez- likni, bosimni va b.ni kursatadigan asboblar) dir. M.ning energetik, ish va ax-borot (informasiya) xillari bor. Energetik M. istalgan turdagi ener-giyani mexanik energiyaga aylantirish uchun muljallangan (suv, shamol, bug’va elektr dvigatellar, gaz turbinalari, elektr generatorlari va b.). Ish M.lari materiallarning holatini, xossalari va fazodagi vaziyatini uzgartirish uchun muljallanadi. Bunday M.lar texnolo- gik va transport M.lariga bulinadi. Texnologik M. metallga ishlov berish (kesish, yunish, qirqish, sillikdash va h. k.) va yog’ochni qayta ishlash, to’qimachilik, q. h., qurilish, matbaa va b.da bajari- ladigan yumushlarni o’z ichiga oladi. Transport M.si avtomobil yo’llari, t. y., havo transporta, avtomobillar, avi- asiya, ko’tarish kranlari, teplovozlar, kemalar va b. vositalarni o’z ichiga ola- Di. Energiyani bir turdan ikkinchi turga o’zgartirish, materiallarga ishlov berish va h. k.ni inson ishtirokisiz bajarishda avtomat mashinalar, avtomat liniyalar va avtomatlashtirilgan korxonalar qo’l ke- ladi. Axborot M.si (informasiey M.) ma’- lumotlarni qayta ishlab uzgartirish, ya’ni mashina tilita o’tkazish va Stan- dartlashtirish, uzatish, dasturlar tuzish va b. yumushlarni o’z ichiga oladi (q. Ki- bernetika). Buning uchun M.lar majmui, avtomatik, informasion va kibernetik jihozlardan foydalaniladi (yana q. Ma- shinasozlik, Mashinashunoslik, mashina va mexanizmlar nazariyasi).